Deno 1.0 versiyasi e'lon qilindi!Blog postimizni o'qing →

Deno

JavaScript va TypeScript ishga tushuruvchi xavfsiz yordamchi dastur.

Deno bu Javascript va TypeScript uchun yaratilgan oddiy, zamonaviy va xavfsiz yordamchi dastur. Deno V8 javascript interpritatori va Rust dasturlash tillarini ishlatadi.

  1. Boshidan o'zi xavfsiz. Ruxsat berilmaguncha na fayl, na internet yoki muhitga ruxsat yo'q.
  2. TypeScript va EcmaScript qo'llab quvvatlaydi.
  3. Birgina ishga tushuriladigan fayl.
  4. Ichida tayyor utilitlar mavjud. Masalan, qaramchi inspektor "dependency inspector" (deno info) va kodlarni formatlovchi (deno fmt).
  5. Ichida ko'rib chiqilgan va Deno bilan ishlashi anniq bo'lgan standart modullar mavjud: deno.uz/std

O'rnatish jarayonlari

Deno ishga tushuriladigan va boshqa fayllarga qaram bo'lmagan fayl shaklida keladi. Quyidagi o'rnatuvchilar yordamida Deno ni o'rnatishingiz mumkin, yoki binarniy relizlar sahifasidan yuklab oling.

Shell (Mac, Linux):

$
curl -fsSL https://deno.land/x/install/install.sh | sh

PowerShell (Windows):

$
iwr https://deno.land/x/install/install.ps1 -useb | iex

Homebrew (Mac):

$
brew install deno

Chocolatey (Windows):

$
choco install deno

Scoop (Windows):

$
scoop install deno

Cargo orqali yuklang va qayta yasab oling

$
cargo install deno

O'rnatish haqida qo'shimcha ma'lumotlar uchun deno_install sahifasiga o'ting.

Ishni boshlash

Keling, oddiy dastur ishga tushurishga harakat qilamiz:

$
deno run https://deno.land/std/examples/welcome.ts

Yoki yanada qiyinroq misol:

import { serve } from "https://deno.land/std@0.54.0/http/server.ts";
const s = serve({ port: 8000 });
console.log("http://localhost:8000/");
for await (const req of s) {
req.respond({ body: "Hello World\n" });
}

Qo'llanmada birinchi darajali ma'lumotlar, misollar va muhitni o'rnatishga doir ma'lumotlar topsangiz bo'ladi.

Yordamchi dastur dokumentatsiyasi

Deno yordamchi dasturi haqidagi boshlang'ich ma'lumotlarni doc.deno.land dan topsangiz bo'ladi.

Deno ning qo'llanmasida yordamchi dastur ichida keladigan murakkab funksiyalar haqida chuqur izohlar, Deno da dasturlash haqidagi konseptsiyalar, Deno ning ichki tuzilishi haqidagi ma'lumotlar, Deno ga o'zingiz yozgan dasturlaringiz moslash va Deno ni Rust plaginlari yordamida kengaytirish haqidagi ma'lumotlar mavjud.

Qo'llanma ichida Deno taqdim etadigan ichki asboblari haqida ham ma'lumotlar mavjud.

Standart Modullar

Deno yordamchi dasturidan tashqari, Deno tasdiqlangan standart modullar taqdim etadi va bu modullar offitsial Deno guruhi tomonidan ko'rib chiqilgan va Denoning ko'rsatilgan versiyasi bilan ishlashi kafolatlangan. Bu modullar haqidagi yangilik va o'zgarishlarni denoland/deno repozitoriya sahifasidan kuzatishingiz mumkin.

Shu standart modullar deno.uz/std da joylashtirilgan va bu modullarga EcmaScript modul ko'rsatish usuli yordamida Deno dasturlash jarayonida ishlatish mumkin.

Uchinchi Darajali Modullar

Deno modullarni istalgan web lokatsiyadan yuklab oladi, misol uchun GitHub dan, shaxsiy webserver yoki pika.dev va jspm.io larga o'xshagan CDN web servislaridan.

Uchinchi Darajali Modullar haqida ma'lumotlar olish osonlashtirish maqsadida Deno o'zida keladigan deno info va deno doc komandalarini taqdim etadi. Shuningdek, modullar qo'llanmasi ko'zdan kechirish uchun web interfeys ham taqdim etadi va u doc.deno.land sahifasida joylashtirilgan.

Hattoki, Deno, EcmaScript modullar uchun sodda hosting servislari taqdim etadi va Deno dasturlash jarayonida ishlatiladi. Bu servisni deno.uz/x sahifasidan topishingiz mumkin.

Quyida hozirgi vaqtda deno.uz/x sahifasida mavjud bo'lgan tasodifiy modullar ro'yxatini ko'rishingiz mumkin: